O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida oliy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik yanada rivojlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligida 14 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi, Fan va ta’lim vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaci bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ribakov, departament boshlig‘i A.Vlasov, Fan va ta’lim vazirligi Xalqaro departamenti direktori I.Ganshin hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi A.Abduvaxitov, oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.Majidov va boshqalar ishtirok etdi.
Muzokarada so‘ngi ikki yil davomida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar bilan birga madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda ham aloqalar kengayib borayotgani e’tirof etildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Manba: Axborot xizmati

14.08.2018