Talabalarni majburiy ishga jalb qilgan rahbarlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri Maxset Ayimbetov shu yili 29 may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalarini darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o‘zining “Shortanbay tangi” fermer xo‘jaligiga dala ishlariga majburiy tusda mehnatga jalb qilganligi haqida “Xabar.uz” saytida maqola e’lon qilingan edi.

Mazkur holatni o‘rganish natijasida aniqlanishicha, haqiqatdan ham Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov talabalarni yordam berish uchun fermer xo‘jaligiga olib borganini va shu kunning o‘zida soat 10:30 larda fakultet dekanatining ko‘rsatmasiga asosan talabalarni universitetga qaytarib olib kelganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma’lum qilgan.

Qoraqalpoq davlat universitetining kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazovlar 2018 yil 2 iyun kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Manba: Axborot xizmati

05.06.2018