Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori lavozimiga Yunusov Xudaynazar Beknazarovich tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-son qaroriga muvofiq Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil14 maydagi tegishli qaroriga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori lavozimiga Yunusov Xudaynazar Beknazarovich tayinlandi.

Yunusov Xudaynazar Beknazarovich 1958 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1985 yilda Moskva viloyati pedagogika institutini tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, professor. 2013 yildan Moskva viloyati davlat universiteti biologiya-kimyo fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Manba: Axborot xizmati

14.05.2018